Bo'lim haqida ma'lumot
Gepatobiliar tizimi patologiyasi bo‘limida Siz jigar, o‘t qopi, o‘t yo‘llarining asosiy barcha kasalliklarini klinika hududida, qulay vaqtda va qulay sharoitda yuqori aniqlikdagi tashxislash va davolash imkoniyatiga egasiz. Biz asosiy diqqatimizni surunkali gepatit, autoimmun gepatit va har qanday og‘irlikdagi jigar sirrozini davolashga qaratganmiz. Bizning bo‘lim 12 bino 3 qavatda joylashgan. Bo‘limda 7 ta gepatolog shifokorlar ish olib boradi. Ulardan 3 tibbiyot fanlari nomzodi va 4 ta malakali shifokorlar bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishadi. Laborator-instrumental tekshiruvlar klinikadagi zamonaviy laboratoriyalarda, yangi uskunalarda o‘tkaziladi. Bu esa, jigar to‘qimasida ortga qaytmas o‘zgarishlar chaqiradigan, uzoq vaqt yashirin kechuvchi jigar kasalliklarini dastlabki bosqichlarida aniqlash imkoniyatini tug‘diradi. Kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash effektiv davolash, kasallikni rivojlanib ketishini, jiddiy asoratlarni, oldini olish va hayot sifatini saqlab qolishga yordam beradi. Bizning gepatologiya bo‘limimiz jihozlanishi, shifokorlarimizning yuqori darajada professionalligi, ko‘p yillik ixtisoslashtirilganligi bilan ajralib turadi. Yuqori aniqlikdagi tashxislash va effektiv davolash horijiy davlatlardagi bemorlarni ham jalb qilmoqda. Davolash rejasini tuzishda alohida yondashish bemorlarni tezroq tuzalib ketishini ta’minlaydi. Yo‘nalishlar Gepatologiya bo‘limi: Jigar yog‘ gepatozi, gepatitlarni barcha turlari, jigar sirrozi, jigarni toksik jarohatlanishi, gepatobiliar tizim havfli o‘smalari, jigar yetishmovchiligi, xolesistit, o‘t yo‘llari diskineziyasi, autoimmun gepatit va boshqa kasalliklarni tashxislash va davolash; Surunkali virusli gepatit V, S, autoimmun gepatit, jigar jirrozini davolashga ixtisostlashtirilgan. Bemorlarga jigar sirrozini kompensatsiya holatida saqlashga katta yordam beradi. Innovatsion usullar Shifokorlarimiz ish faoliyatida jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarini tashxislash va davolashda eng yangi, zamonaviy usullardan foydalanadi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari ultratovush tekshiruvi, tekshirilayotgan a’zo o‘tkir va surunkali kasalliklarini aniqlashda, to‘qimalar punksiya qilinayotganida havfsiz traektoriyalarni aniqlash ishkoniyatini yaratadi. Zaruriyat bo‘lganda fibroelastografiya tekshiruvi o‘tkaziladi. Bu ultratovush tekshiruvda zamonaviy revolyusion texnologiya bo‘lib jigar fibrozini yuqori aniqlikda, erta bosqichlarda aniqlashda, uni og‘irlik darajasini baholash imkoniyatini tug‘diradi. Jigar biopsiya qilish to‘qimalarni chuqur tekshirish, tashxisni qiyoslash imkonini beradi. Zamonaviy laboratoriyada to‘liq spektrda laborator tekshiruvar o‘tkaziladi. Ko‘rsatmaga ko‘ra endoskopiya - gastroskopiya, kolonoskopiya tekshiruvlari o‘tkaziladi. Biz butun jahon tibbiyotidagi o‘zgarishlarni kuzatib boramiz va faqatgina isbotlangan tibbiyot tamoyillariga asoslangan holda jigar va o‘t yo‘llari patologiyalari effektiv davolaymiz. Medikamentoz davolashdan tashqari bizning mutahassislar siz uchun mos, foydali parxez tuzib beradi. Jigar kasalliklarini, xususan autoimmun gepatitlarni davolashda bizda gemokorreksiya - qonni organizmdan tashqarida, innovatsion usulda tozalash qo‘llaniladi. Kasalliklarni rivojlanishiga sabab bo‘ladigan autoimmun antitanachalarni qondan tozalashda krioferez va plazmani kaskad filtratsiya qilish usullaridan foydalaniladi. Bizning bo‘limga murojaat etgan barcha bemorlarga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilib, bemorlarni to‘liq sog‘ayib ketishiga va a’zolarning xolatini turg‘un tiklanishiga yordam beramiz. Bo‘lim Toshkent tibbiyot akademiyasi 1 sonli ichki kasalliklari kafedrasi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori A.A. Xamraev bo‘limda bemorlar ko‘rigi o‘tkazadi, bundan tashqari bo‘limda tibbiyot fanlari doktori, professor M.T. Rustamova, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.I. Sodiqova, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent M.T. Tog‘aeva, tibbiyot fanlari nomzodi faoliyat yuritadi. Bo‘limda bemorlar uchun 35 ta koyka ajratilgan, bir va ikki o‘rinli barcha qulayliklarga ega bo‘lgan palatalar mavjud.