Bo'lim haqida ma'lumot
Pulmonologiya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 12-bino 4-qavatda joylashgan. Pulmonologiya bo‘limi pulmonologik bemorlar uchun zamonaviy tashxislash va davolash usullari bilan davolash uchun jixozlangan va moslashtirilgan. Bo‘lim Toshkent tibbiyot akademiyasining klinik bazasi sifatida faoliyat yuritadi. Bo‘limni Klinik farmokologiya kafedrasi kuratsiya qilib boradi. Bo‘lim respirator tibbiyot muammolari: nafas tizimidagi fiziologik va patologik jarayonlar, o‘pkalarning turli zararlanishi, ya’ni bronxospastik va vazomotor, og‘ir interstitsial va fibroz o‘zgarishlarni o‘rganish, davolash bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim shifokorlari odam nafas tizimi patologik muammolari bo‘yicha keng ma’lumotga egadirlar. Bo‘limda quyidagi kasalliklar: surunkali o‘pka obstruktiv kasalligi. nafas yetishmovchiligi, turli xildagi pnevmoniyalar (kasalxonadan tashqari, kasalxona ichi, cho‘zilgan), “atipik”, o‘pkaning virusli-bakterial, interstitsial kasalliklari, jumladan, idiopatik interstitsial pnevmoniyasi, o‘pka gistiotsitozi. limfangioleyomiomatoz “amiodaron o‘pka”ni davolashga aloxida axamiyat beraladi. bronxial astma. Xozirgi vaqtda nafas tizimi a’zolariga olib keluvchi omillar avtomobil, ishlab chiqarishdagi changlar, tamaki tutuni, viruslar va yondosh kasalliklar kiradi. Yo‘tal va xansirashning paydo bo‘lishi o‘z sog‘lig‘ingiz xolati to‘g‘risida o‘ylashga va pulmonolog shifokorga murojaat etishga undaydi. Biz sizni bo‘limizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz va sog‘lig‘ingiz bo‘yicha muammolaringizni xal qilishga yordam beramiz. Sog‘lom odamgina barcha cho‘qqilarni zabt etishi va atrofidagi olamdan to‘la zavqlanib yashashi mumkin!