Kardiologiya

BU yerda nevrologiyaga oid barcha turdagi kasalliklar davolanadi va jarroxlik amaliyotlari olib boriladi

Cardiology Department

Bo'lim haqida ma'lumot

Bo‘limning asosiy maqsadi – bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, Respublika aholisi salomatligini yaxshilash va yurak-qon tomir kasalliklari sababli o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish. Kardiologiya bo‘limi yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy usullarda tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va jihozlangan. Bo‘lim Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakultetining klinik bazasi sifatida faoliyat olib boradi. Bo‘limda yuqori malakali mutahassislar, jumladan 4 ta kunduzgi shifokor-kardiolog, 6 ta navbatchi shifokor kardiolog, 13 ta o‘rta tibbiyot hodimi va 10 ta kichik tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi. Bemorlarni diagnostikasi va davolash jarayoni kardiologiya mutaxassisligidan bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha 1-son ichki kasalliklar kafedrasi professor va dotsentlari bilan birgalikda olib boriladi. Kardiologiya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi 12-binosining 1-qavatida joylashgan. Bo‘limda 35 ta o‘rin-joy mavjud, shulardan 25 ta o‘rinda imtiyozli, 10 tasida xo‘jalik hisobidagi bemorlar davolanadi. Bo‘limda bemorlar uchun barcha qulayliklarga ega bir va ikki kishilik shinam palatalar mavjud. Bo‘limga bemorlar rejali ravishda klinika maslaxat poliklinikasi orqali yashash joyidan order bilan byudjet o‘rinlariga va xo‘jalik xisobidagi o‘rinlarga shartnoma asosida pul to‘lash yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan yotqiziladi. Belgilangan xududlardan kardioreanimatsiya bo‘limiga shoshilinch ravishda o‘tkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan, axvoli og‘ir, imtyozga ega bo‘lgan bemorlar bo‘limga o‘tkazilganda va Respublika shoshilinch yordam markazidan o‘tkazilgan bemorlar bo‘limdagi byudjet o‘rinlarda imtiyozli tartibda davolanishadi. 1 yil davomida bo‘lim 1400 ga yaqin bemorga yuqori malakali tibbiy statsionar yordami ko‘rsatadi. Bo‘lim shifokorlari kardiologik va terapiya yo‘nalishidagi Respublika va halqaro miqiyosdagi konferensiya va kongresslarda aktiv ishtirok etib, yangi ishlanmalarni klinikada diagnostika va davolash amaliyotiga kiritishadi. Bo‘limda bemorlar uchun: "O‘tkir miokard infarkti bilan kasallangan bemorlar maktabi", “Arterial gipertenziya bilan kasallangan bemorlar maktabi”, “Yurak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlar maktabi” tashkillashtirilgan. Bo‘lim hodimlari bemorlarga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va dori-darmonlarni qabul qilishda shifokor maslahatiga doimo amal qilishni faol tashviqot qiladi. Bo‘limda davolanayotgan bemorlar klinikada qo‘shimcha servis xizmatlaridan, jumladan: kiyimlarini kir yuvish bo‘limida yuvdirish, xoxishiga qarab o‘ziga yoqadigan parxez ovqatini tanlash, fitobar xizmatidan foydalanish, ahvoli og‘ir bemorlarga qo‘shimcha parvarishlash xizmati kabi bir qator xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Bo‘lim hodimlari klinika va boshqa turli jamoat tadbirlarida ham aktiv ishtirok etadi.

0

Koykalar soni

0

Shifokorlar soni

0

Xizmatlar soni

Xizmatlar va Narxlar