Endokrinologiya va Gematologiya

BU yerda nevrologiyaga oid barcha turdagi kasalliklar davolanadi va jarroxlik amaliyotlari olib boriladi

Cardiology Department

Bo'lim haqida ma'lumot

Endokrinologiya bo‘limi 1976-yil Toshkent davlat tibbiyot oliygoxi qoshida , gematologiya bo‘limi 2000-yil Toshkent tibbiyot akademiya birinchi klinikasi qoshida tashkil etilgan. 2015-yildan boshlab endokrinologiya va gematologiya bo‘limi birlashib, 40 ta o‘rin joyga mo‘ljallangan bo‘lib, 12-bino 6-qavatida joylashgan. Endokrinologiya va gematologiya bo‘limining asosiy ish faoliyatlari uglevod almashinuvi va gemostaz buzilishining profilaktikasi, erta tashxislash va davolashdan iborat. Endokrinologiya va gematologiya bo‘limida endokrin va gematologik kasalliklari bo‘lgan bemorlarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatiladi, shuningdek, bu kasalliklarning profilaktikasi olib boriladi. Bo‘limdagi shifokorlar, shuningdek, endokrin va qon tizimi kasalliklarini tashxislash va davolashda eng yangi tibbiy texnologiyalarni ishlab chiqish, kiritish va amaliyotda qo‘llash ishlari bilan shug‘ullanadilar. Bo‘lim ko‘p tarmoqli terapevtik shifoxona koshida joylashgan bo‘lib, u shifoxonaning material-texnik bazasiga asoslanadi, shuning uchun bo‘lim shifokorlari tibbiy xizmatning barcha turlarini ko‘rsata oladilar. Bundan tashqari, bo‘limda bemorlar kardiolog, nevropatolog, gastroenterolog, pulmonolog, okulist maslahatlarini olishlari mumkin. Endokrinologiya bo‘limi umumiy amaliyot shifokori tayyorlash va endokrinologiya kursi kafedrasining klinik bazasi hisoblanib, kurs mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor B.X. Shagazatova hisoblanadiGematologiya bo‘limi Gematologiya, transfuziologiya va XDT kafedrasining klinik bazasi hisoblanib, kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent Saidov.A.B hisoblanadi. Bo‘limda, shuningdek, dotsent Kurbanova.Z.Ch, dotsent D.M. Artikova, dotsent P.X. Azizova, katta o‘qituvchi N.B.Musaeva, ishlaydi. Bo‘lim mudiri t.f.n. A.A. Baxadirova, shifokor gematolog D.Z. Xakimova, shifokor endokrinolog G.J. Saydalieva ish olib boradilar. Bo‘limda ikkita hamshiralar posti, barcha muolajalar uchun kerakli jixozlar bilan ta’minlangan muolaja xonasi mavjud. Bo‘limda bir, ikki va uch o‘rinli palatalar, shuningdek, kondensioner, muzlatgich, televizor bilan ta’minlangan yuqori sifatli palatalar bor.

0

Koykalar soni

0

Shifokorlar soni

0

Xizmatlar soni

Xizmatlar va Narxlar