Kardioreabilitatsiya

BU yerda nevrologiyaga oid barcha turdagi kasalliklar davolanadi va jarroxlik amaliyotlari olib boriladi

Cardiology Department

Bo'lim haqida ma'lumot

Kardioreabilitatsiya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 9-korpus 4-qavatida joylashgan. Bo‘lim shifokorlari kardiologik bemorlar bilan davolash ishini amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlarining farqli xislatlari bu bemorlarga yuksak maxorat va e’tibor bilan yondashishidir. Bo‘limning barcha shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari oliy toifali va 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan stajga ega. Bo‘limning asosiy yo‘nalishi yurak qon-tomir kasalliklarni aniqlash va davolash, ya’ni: Yurak ishemik kasalligi Arterial gipertenziya turli etiologiyali Yurak aritmiyalari Karonar, serebral va periferik arteriyalar aterosklerozi Giperlipidemiya Yurak klapan kasalliklari va perikardlar Kardiomiopatiyalar – ishemik, gipertrofik, dilyatatsion Periferik qon aylanishini yaxshilash Jarrohlik amaliyotidan keyingi tromboembolik va dimlangan asoratlarini oldini olish Yurak – qon tomir sistemasini fizik zo‘riqishga ko‘niktirish Jarrohlik amaliyotidan keyingi fizik zo‘riqishga ko‘niktirish va mustaqil shug‘ullanishga o‘rgatish Bemor sog‘ligini tiklashda ijobiy psixoemotsional ko‘nikmalarga o‘rgatish Bo‘limda miokard infarkti , aorto-koronar shuntlashdan keyingi o‘tkir koronar sindrom, yurak yetishmovchiligi kasallangan bemorlar bilan reabilitatsion davo o‘tkaziladi. Shu bilan birga yurak ishemik kasalligining yashirin shakllari va arterial gipertenziyaning tekshiruvi o‘tkaziladi. Bo‘lim klinikaning boshka davolash va diagnostika bulimlari bilan mustaxkam aloqada bo‘lib bemorlarni murakkab diagnostik tekshiruvlardan o‘tishga yordam beradi. Shifokorlar kechayu kunduz ishlaydigan bioximiya laboratoriyasidan foydalanadi, bu tashxis ko‘yish, bemorning axvolini nazorat qilish va olib borilgan davo samaradorligini aniqlashda yordam beradi. Yevropa kardiologlar jamiyatining tavsiyasi bilan yurak ishemik kasalligi bilan yangi davo metodlari qo‘llaniladi. Yurak kasalliklarini davolashda jismoniy tarbiya, fizioterapiya, igloterapiya , massaj keng qo‘llaniladi. Ilm fan yutuqlari va bo‘limning uzoq yillik tajribasi bemorlarni davolashda katta yordam beradi. Xar taraflama tekshiruv sizga davo turi va uni nazorat qilishga sog‘lom turmush tarzingizga to‘g‘ri tavsiyalar berishga yordam beradi. Bo‘limda davolash ishlari bo‘yicha raxbar t.f.d. professor Rozikova Ilmira Sagdullaevna xisoblanadi. Ushbu bo‘limda 1 ta tibbiyot fanlari doktori, professor, 1 ta tibbiyot fanlari nomzodi, assistent va 1 ta kardiolog shifokor faoliyat ko‘rsatishadi. Biz sizga yordam berishdan xursandmiz! Sizga sog‘lik va osoyishtalik tilaymiz!

0

Koykalar soni

0

Shifokorlar soni

0

Xizmatlar soni

Xizmatlar va Narxlar