Xo‘jalik xisobidagi umumiy terapiya

BU yerda nevrologiyaga oid barcha turdagi kasalliklar davolanadi va jarroxlik amaliyotlari olib boriladi

Cardiology Department

Bo'lim haqida ma'lumot

Bemorlarni qanday kasallik bezovta qilishidan qat’iy nazar birinchi bo‘lib terapevtga murojaat qiladi. Shuning uchun umumiy terapevt tibbiyotning barcha tarmoqlarini biladigan, chuqur bilimga ega bo‘lgan shifokor bo‘lishi kerak. Bir kasallikning o‘zi keltirib chiqaradigan asoratlariga ko‘ra bir nechta mutaxassislikka tegishli bo‘lishi mumkin. Masalan: qandli diabet keng tarmoqli muammolardan biri hisoblanib, ushbu kasallik bilan nafaqat endokrinologlar, balki xirurglar, nevropatologlar, kardiologlar, oftalmologlar hamda yana bir qancha mutaxassislar shug‘ullanishi mumkin. Umumiy terapevtlar hamma mutaxassislikni o‘zlashtirgan, keng qamrovli shifokorlardir. Shuning uchun ko‘p bemorlar umumiy terapevt nazoratida bo‘lishi va umumiy terapiya bo‘limlarida davolanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xujalik xisobidagi umumiy terapiya bo‘limi 9 korpusning 5 qavatida joylashgan, bir vaqtning o‘zida 20 ta bemor davolanishiga mo‘ljallangan xo‘jalik xisobidagi bo‘lim bo‘lib, 12 ta shinam palatalarga ega. Hamma palatalar zamonaviy jixozlar bilan ta’minlangan. Bo‘limda alohida 20 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona, gullar va televizor bilan ta’minlangan dam olish xollari mavjud. Bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash zamonaviy darajada olib borilishi uchun hamma shart – sharoitlaryaratilgan. Zarurat bo‘lgan paytlarda har – xil zamonaviy qo‘shimcha tekshirishlar, xirurg, pulmonolog, gastroenterolog, endokrionlog, gematolog, revmatolog, nefrolog, allergolog kabi klinikamizda mavjud bo‘lgan mutaxassislar ko‘rigidan ham foydalaniladi. Bo‘limimizda davolanish davomida Siz aniq va o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun zarur bo‘lgan turli spektrli diagnostik tekshiruvlardan o‘tishingiz mumkin: ko‘krak qafasi a’zolari, oshqozon – ichak trakti, tayanch – harakat sistemasining rentgenologik tekshirishlari. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari, kichik chanoq a’zolari, qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvlari, qo‘l – oyoq qon tomirlari va bosh miya arteriyalari dopplerografiyasi. Exokardiogarfik, endoskopik, kompter tomografik tekshiruvlar, EGDFS, rektoromanoskopik tekshiruvlar, bioximik, immunologik laborator tekshiruvlar shular jumlasiga kiradi. Xujalik xisobidagi umumiy terapiya bo‘limida 2 nafar shifokor va 6 nafar malakali hamshiralar faoliyat ko‘rsatadi. Bo‘limdagi shifokorlar diagnostik va paraklinik bo‘limlar mutaxassilari bilan uzviy bog‘liqlik natijasida ish olib borishadi. Bo‘limda davolanayotgan bemorlarning sifatli davolanishi uchun qulay va yuqori darajadagi sharoitni yaratish maqsadida sutka davomida xamshiralar posti tashkil etilgan. Bo‘lim 1-sonli ichki kasalliklar kafedrasining klinik bazasi xisoblanadi hamda shu kafedraning malakali xodimlari bilan birgalikda davolash va diagnostikaning yangi usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va shunga asoslangan xolda davolash ishlarini olib boradi. Bunda kafedra xodimi dots.Nuritdinova N.B,. faol qatnashadilar Terapiyada qo‘llanilayotgan yangi usullarga kardiologiya, gastroenterologiya va nefrologiyada qo‘llanilayotgan zamonaviy davolash usullarini misol qilish mumkin. Bo‘limning shiori: “Bemorlar xohish-talablarini oldindan ko‘ra bilish, ularga mos bo‘lish va ular kutganlaridan ko‘ra a’lo xizmat qilish”.

0

Koykalar soni

0

Shifokorlar soni

0

Xizmatlar soni

Xizmatlar va Narxlar