Umumiy terapiya

BU yerda nevrologiyaga oid barcha turdagi kasalliklar davolanadi va jarroxlik amaliyotlari olib boriladi

Cardiology Department

Bo'lim haqida ma'lumot

2-umumiy terapiya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasining kup tarmoqli klinikasi 10-binosining 4-qavatida joylashgan. Davolash ishlari Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Fakultet va gospital terapiya kafedrasi mudiri, professor M.Z. Rizamuxamedova va dotsent N. A. Axmedova raxbarligida olib boriladi. Bo‘limda davolanayotgan bemorlar professor va dotsent tomonidan ko‘rilib, kerakli tavsiyalarni oladi. Bo‘limda 20 ta o‘rin mavjud bo‘lib, ushbu o‘rinlar 13 ta palataga joylashtirilgan. Palatalar 1 kishilik va 2 kishilik palatalardan iborat bo‘lib, barcha qulayliklar mavjud. Davolash ishlarini bo‘lim mudiri, tibiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor R. B. Xo‘jaev, shifokor E. M. Toshpo‘latov va kafedra assistenti F. K. Ziyaevalar olib boradi. Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishi yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, nafas tizimi, oshqozon-ichak tizimi, bo‘g‘imlar yallig‘lanishi va degenerativ-distrofik kasalliklari, osteoartroz, podagra, osteoporoz, yurakning surunkali revmatik kasalliklari, siydik ajratish tizimi kasalliklarini tashxislash va davolashdir. 2-umumiy terapiya bo‘limida har yili respublikaning barcha viloyatlaridan va qo‘shni respublikalardan 800 dan ortiq bemorlar davolanadilar. Bo‘limda terapevtik bemorlarni davolashda klinikada zamonaviy klinik, immunologik, bioximik laboratoriyalar, funksional va instrumental tekshiruv bo‘limlarining mavjudligi klinik tashxisni tezkor aniqlash va tasdiqlash imkonini beradi. Reabilitatsion tadbirlar 2-umumiy terapiya bo‘limida davolananuvchi bemorlarning aksariyat ko‘pchiligi qariya va keksa yoshli bemorlar bo‘lgani sababli tayanch-harakat tizimida, asab tizimida, bo‘g‘imlarda kasalliklari borligini hisobga olib turli xil fizioterapevtik muolajalar, psixolog, davolovchi fizkultura mutaxassisi va massajist hamshiralar davolash ishlarini boshlaydilar. Fizioterapiya usullari og‘rikni kamaytiradi, yallig‘lanishni davolaydi, limfodrenaj ta’sirini kuchaytiradi, harakati kam bo‘g‘imlardagi mikrosirkulyatsiyani yaxshilash hisobiga yallig‘lanishni kamaytiradi. Magnitoterapiya va mikrotoklarni ko‘llash asab tizimi o‘tkir kasalliklarini erta tiklash darini kiskartiradi.

0

Koykalar soni

0

Shifokorlar soni

0

Xizmatlar soni

Xizmatlar va Narxlar