Bo'lim haqida ma'lumot
Nevrologiya bo‘limi surunkali va o‘tkir asab kasalliklarini davolash bilan shug‘ullanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, bo‘lim tibbiyot xodimlari samarali faoliyati uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Ko‘plab surunkali kasalliklar, xususan: Pakinsonizm kasalligi, Alsgeymer kasalligi, nasliy degenerativ kasalliklar bo‘lim shifokorlari nazoratida davolanishadi. Bundan tashqari, bo‘limda insult o‘tkazgan bemorlar uchun reabilitatsion chora-tadbirlar o‘tkazish mumkin. Bo‘limda psixoemotsional o‘zgarishlarga ega bo‘lgan bemorlar bilan shug‘ullanuvchi tibbiy psixologlar xam o‘z faoliyatini olib borigadi. Shifokorlar barcha nomedikamentoz va medikamentoz davo vositalarini davolash muolajalarida to‘g‘ri qo‘llash tajribasiga egadirlar. Malakali xamshiralik ishi xodimlari yuqori sifatli tibbiyot manipulyatsiyalari va muolajalarini, bemolar bilan doimiy nazorati va parvarishini olib borishadi. Doimiy ravishda bo‘lim mudiri ishtirokida ertalabki bemorlar ko‘rigi va “Asab kasalliklari” kafedrasining yetakchi professorlari tomonidan bemorlar ko‘rigi olib boriladi. Bo‘limda barcha xonalar yorug‘, toza va shinam. Xonalarga kuniga 3 marta sanitar ishlov beriladi. Bundan tashqari, bo‘limda aloxida muolaja xonasi, oshxona , 2 ta televizorli xoll, qulay sanuzellar va cho‘milish xonasi mavjud. Ertalabki gimnastikai bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan va imkoniyati chegaralangan bemorlar bilan maxsus mashqlar o‘tkaziladigan aloxida davolovchi fizkultura zali mavjud. Barcha turdagi kasalliklarga mos dietik ovqatlar tayyorlanadigan oshxonada mavjud. Bizning yuqori malakali mutaxassislar ega bo‘limimiz, doimo sizning sog‘ligingiz uchun xizmatda!