Somatonevrologiya

BU yerda nevrologiyaga oid barcha turdagi kasalliklar davolanadi va jarroxlik amaliyotlari olib boriladi

Cardiology Department

Bo'lim haqida ma'lumot

Somatonevrologiya bo‘limi surunkali va o‘tkir asab kasalliklari, boshqa kasalliklar natijasida asab tizimidagi asoratlarini davolash bilan shug‘ullanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, bo‘lim tibbiyot xodimlari samarali faoliyati uchun barcha zarur sharoitlarga ega. Ko‘plab surunkali kasalliklar, xususan: Pakinsonizm kasalligi, Alsgeymer kasalligi, nasliy degenerativ kasalliklar bo‘lim shifokorlari nazoratida davolanishadi. Bundan tashqari, bo‘limda insult o‘tkazgan bemorlar uchun reabilitatsion chora-tadbirlar o‘tkazish mumkin. Bo‘limda psixoemotsional o‘zgarishlarga ega bo‘lgan bemorlar bilan shug‘ullanuvchi tibbiy psixologlar xam o‘z faoliyatini olib borigadi. Shifokorlar barcha nomedikamentoz va medikamentoz davo vositalarini davolash muolajalarida to‘g‘ri qo‘llash tajribasiga egadirlar. Malakali xamshiralik ishi xodimlari yuqori sifatli tibbiyot manipulyatsiyalari va muolajalarini, bemolar bilan doimiy nazorati va pavarishini olib borishadi. Doimiy ravishda bo‘lim mudiri ishtirokida ertalabki bemorlar ko‘rigi va “Asab kasalliklari” kafedrasining yetakchi professorlari tomonidan bemorlar ko‘rigi olib boriladi. Bo‘limda barcha xonalar yorug‘, toza va shinam. Xonalarga kuniga 3 marta sanitar ishlov beriladi. Barcha turdagi kasalliklar mos dietik ovqatlar tayyorlanadigan oshxonaga ega.

0

Koykalar soni

0

Shifokorlar soni

0

Xizmatlar soni

Xizmatlar va Narxlar