Bo'lim haqida ma'lumot
Gastroenterologiya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi, ko‘p tarmoqli klinikasining 12-binosi 2-qavatida joylashgan. Bo‘lim gastroenterologik bemorlar kasallangan bemorlarni zamonaviy diagnostika va davolash usullari yordamida davolash uchun moslashtirilgan va jixozlangan. Bo‘lim Toshkent tibbiyot akademiyasi “2- ichki kasalliklar” kafedrasining klinik bazasi sifatida ish yuritadi. Xozirgi davrda bo‘limda 35 ta davo o‘rini tashkillashtirilgan. Bo‘limda 20ta palata bo‘lib, bemorlar komfortlangan, shinam shart-sharoitda, yuqori malakali gastroenterologik davo olishi uchun moslashtirilgan. Bo‘lim shtatida 3ta shifokor (A.A.Yakubov, S.L.Xasanov, A.M.Qodirov) va 2 nafar kafedraning davolash ishlari uchun mas’ul hodimlari, tibbiyot fanlari nomzodi (S.I.Sadikova, M.X.Tagaeva) faoliyat ko‘rasatadilar. Gastroenterologiya bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasi “2- ichki kasalliklar” kafedrasi bilan aktiv hamkorlikda ish olib boradi. Bo‘lim rahbari t.f.d. professor Abror Asrorovich Xamraev boshchiligida muntazam bemorlar ko‘rigi tashkillashtiriladi.